Namangan filarmoniyasi

Namangan filarmoniyasi » Yangiliklar » III-Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

III-Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

III-Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2023-yil 30-31-oktyabr kunlari Jizzax musiqali va drama teatrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari ijodiy jamoalari o‘rtasida III-Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ikki kun davomida ishtirokchi ijodiy jamoalarning chiqishlari tajribali Hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi. 
Ko‘rik - tanlov yakunida hakamlar xulosasiga ko‘ra,  Namangan viloyati ijodiy jamoasi I-o‘rin, Farg‘ona viloyati ijodiy jamoasi   II-o‘rin, Jizzax viloyati ijodiy jamoasi III-o‘rin hamda faol ishtirok etgan jamoalar turli nominatsiyalarga munosib ko‘rildi. Ko‘rik - tanlov nafaqat bellashuv, balki tajriba va o‘zaro fikr-mulohaza almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, barcha ijodiy jamoalar uchun repertuarini muntazam yangilab borish, yangi-yangi ijro namunalarini yaratishdek vazifani ham yukladi.